Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
“Nonvoylik guzar” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Noib ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan “Nonvoylik guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda ularni o‘z vaqtida hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

“Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda har bir xonadonning ijtimoiy holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy hal etish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mahallada ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi uchun barqaror daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va amaliy yechim topish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini yanada muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3