Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BESHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV: MUAMMOLAR VA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” — 131-SONLI MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI RIVOJLANTIRILADI
янв.21
MAHALLADA BOLALAR UCHUN ZAMONAVIY VA XAVFSIZ MAYDONCHA BARPO ETILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI
янв.21
316-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SPORT INFRASTRUKTURASINI RIVOJLANTIRISH VA YOSHLAR UCHUN SOG‘LOM MUHIT YARATISH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sharoitlar va qishga tayyorgarlik o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida 15-Zuhro saylov okrugi hududidagi ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A. Ermatov, deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Yakubova hamda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassisi M. Sheraliyev hamrohligida 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida muassasaning faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Muassasa mudirasi N. Radjiyeva ma’lumotiga ko‘ra, 360 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkilotida 60 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun zarur sharoitlarni yaratishga e’tibor qaratilgan.

Mazkur muassasa 2021-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida mavjud ayrim muammolar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish zarurligi qayd etildi.

Xususan, qish mavsumida muassasani barqaror issiqlik bilan ta’minlash masalasida 2 ta qozonning nosozligi aniqlandi. Shuningdek, oshxonaga kirish qismidagi foye tom qismini yangilash zarurati mavjud. Ushbu qismda yomg‘ir suvlari o‘tishi kuzatilayotgani sababli tom qoplamasini ta’mirlash masalasiga e’tibor qaratish lozim.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, avvalo, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish nuqtayi nazaridan muhimdir.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur masalalarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 10