Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Oydin Daniyarxodjayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “Geologlar” “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrifda mahalla vakillari aholini kambag‘allikdan chiqarish va ularni daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.
Shu bilan birga deputat o‘ziga biriktirilgan qonunlarni aholi o‘rtasida targ‘ib qilish, ko‘chama-yurish orqali aholi muammosini o‘z vaqtida ijobiy hal etish bo‘yicha mahalla vakillari bilan kelishib oldi.