Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BESHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV: MUAMMOLAR VA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” — 131-SONLI MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI RIVOJLANTIRILADI
янв.21
MAHALLADA BOLALAR UCHUN ZAMONAVIY VA XAVFSIZ MAYDONCHA BARPO ETILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI
янв.21
316-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SPORT INFRASTRUKTURASINI RIVOJLANTIRISH VA YOSHLAR UCHUN SOG‘LOM MUHIT YARATISH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
“Sharof Rashidov” mahallasidagi ichki yo‘l va piyodalar yo‘lagini yaxshilash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Sharof Rashidov” mahallasidagi ichki yo‘l va piyodalar yo‘lagini yaxshilash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumani “Sharof Rashidov” mahallasidagi yo‘l va piyodalar infratuzilmasini yaxshilash masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimligi nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi “Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida tayyorlandi. Unda Chimkent ko‘chasi 2-uyga kirish qismidagi yo‘l asfalt qoplamasi ta’mirtalab holga kelgani va bu fuqarolarning kundalik harakatlanishida noqulayliklar yuzaga keltirayotgani qayd etilgan.

🔺 Shuningdek, Chimkent ko‘chasi 2-uy yonidagi piyodalar yo‘lagi torligi sababli aholining xavfsiz va qulay harakatlanishida qiyinchiliklar mavjudligi bildirilgan. Shu bois piyodalar yo‘lagini kengaytirish hamda uning yuza qismini kosmetik ta’mirlash zarurati ko‘tarilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimligidan Chimkent ko‘chasi 2-uyga kirish qismidagi yo‘lning texnik holatini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish yoki uni ta’mirlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish so‘raldi.

📋 Deputatlik so‘rovida Chimkent ko‘chasi 2-uy yonidagi piyodalar yo‘lagining mavjud holatini o‘rganish, uni kengaytirish va yuza qismini kosmetik ta’mirlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, shu orqali fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalasi ham alohida qayd etilgan.

🛣 Shuningdek, mazkur yo‘l va piyodalar infratuzilmasini yaxshilash ishlarini tegishli hududiy dasturlar hamda mavjud moliyalashtirish manbalari doirasida amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash so‘ralgan.

♻️ Toshkent shahar hokimligidan o‘rganish natijalari, belgilangan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masala “Sharof Rashidov” mahallasi aholisiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, ichki yo‘l va piyodalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1