Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Eldor Otaboyev tomonidan Boyovut tumani 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati hamda muassasaning moddiy-texnik va bino-inshootlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosi kapital ta’mirga muhtoj ekani aniqlandi. Jumladan, binoning isitish tizimi talab darajasida, yani umuman ishlamasligi, tom qismidan suv o‘tishi, bino konstruksiyalarining ayrim qismlarida cho‘kish va yemirilish holatlari mavjudligi, shuningdek, ta’mirlashni talab etadigan boshqa muammolar borligi qayd etildi.

Mazkur holatlar maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish, ularning xavfsizligi va ta’lim jarayonining sifatli tashkil etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga maktab binosini kapital ta’mirlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda zarur choralarni ko‘rish yuzasidan ma’lumotnoma va tegishli murojaat yuborilishi bildirildi.

Slide 1 of 6