Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
“Chegara” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy holat o‘rganildi

Mahallalarda aholi farovonligini oshirish, ishsiz va kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda ehtiyojmand qatlam vakillariga manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Chegara” mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim ishtirokida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rgandi.

Jarayon davomida ishsiz va kam daromadli oilalar bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini manzilli o‘rganish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlarining, xususan, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish hamda mahallalarda ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish yo‘nalishlari doirasida olib borilayotgan ishlarning holatini baholashga xizmat qiladi.

O‘rganish yakunida mahalladagi mavjud masalalarni tizimli ravishda hal etish, ishsiz va kam daromadli oilalar bilan individual ishlashni kuchaytirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.