🤝 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi hamkorligida hududdagi kutubxonalar faoliyati o‘rganildi.
🔹 Kutubxonalarda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
🔹 mavjud adabiyotlar fondi, kitoblarning saqlanishi va ulardan foydalanish holati;
🔹 aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi ishlar;
🔹 kitobxonlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlari tashkil etilishi;
🔹 kutubxonalar faoliyatida mavjud muammo va takliflar holati o‘rganildi.
📌 O‘rganish yakunida kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
🌱 Kitobxonlik — ma’naviyat va tafakkur rivojining muhim omili!