35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏠 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova tomonidan o‘z hududidagi Ijtimoiy reyestr ro‘yxatida turuvchi oilalar xonadonbay o‘rganildi.
🔹 Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va turmush darajasi;
🔹 Oila a’zolarining bandligi va daromad manbalari;
🔹 Ijtimoiy ko‘mak va moddiy yordamga bo‘lgan ehtiyojlari; 🔹Mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni manzilli hal etish imkoniyatlari;
🔹 Oilalarni qo‘llab-quvvatlash va farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar holati o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
🤝 Har bir oila e’tiborda, har bir muammo — manzilli yondashuv asosida!