Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
BTS TADBIRKORLIK XIZMATLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan hududdagi BTS tadbirkorlik xizmatlari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan kuryerlik, pochta va yetkazib berish xizmatlarining sifati va tezkorligi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish holati hamda xizmatlardan foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarning jo‘natmalarini o‘z vaqtida qabul qilish va manzilga yetkazish, xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar hamda mijozlar murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, aholiga qulaylik yaratish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2