Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xavotog' QFYdagi 9-sonli maktabda ta’lim jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog' QFYdagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv jarayonlari hamda pedagoglarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida maktabda dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘qituvchilarning ish rejalari va darslarga tayyorgarlik holati, o‘quvchilarning ta’lim olish jarayoni hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, pedagoglarning belgilangan vazifalarni bajarishi, dars jarayonida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish, o‘quvchilarning faolligi va bilim darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, pedagoglarning rejalashtirilgan ishlarini sifatli amalga oshirish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2