35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida "Qaldirg‘och" mahallasini “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

Bandixon tumanida aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, kommunal va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda mahallalarda qulay yashash muhitini barpo etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev "Qaldirg‘och" mahallasida bo‘lib, hududni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish masalalari yuzasidan soha mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda Bandixon tumani hokimi o‘rinbosari A.Doniyorov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov qatnashdilar.

Yig‘ilishda "Qaldirg‘och" MFY hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr va ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash, obodonlashtirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Deputatlar va mutasaddi tashkilot rahbarlariga har bir ko‘cha va xonadonda obodlik ishlarini sifatli tashkil etish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini deputatlik nazorati ostida amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 4