Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Muhammedova Barno Farxodovna Qozirobod mahallasida bo‘lib, 26-uy uyboshisi bilan ham uchrashdi.
Uchrashuv davomida uyboshi tomonidan uyi oldidagi bolalar maydonchasining holati haqida, ushbu maydoncha bir necha yillardan buyon ta’mirlanmagani, eskirib, yangilashga ehtiyoj sezilgani ta’kidlandi.
Ayni paytda bolalar maydonchasida ta’mirlash ishlari olib borilishidan uyboshi mamnunligini bildirib, uzoq yillardan buyon kutilgan ushbu o‘zgarishdan xursand ekanini bildirdi.
Bolalar uchun qulay, xavfsiz va obod muhit yaratish, mahallalarda aholi manfaatlariga xizmat qiladigan infratuzilmani rivojlantirish masalalari deputat e’tiborida.
Har bir obod hudud — aholi farovonligi va bolalar quvonchi uchun!