Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📢 DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI

📝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Sherobod tumani Kattabog‘ mahallasining A. Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasiga oid muammolari yuzasidan Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i E Musayevga deputat so‘rovi yuborilgan edi.

⚡️ Elektr ta’minoti bo‘yicha: “Kattabog‘” mahallasidagi A.Navoiy ko‘chasida mavjud 100 kVt quvvatga ega transformator punkti 160 kVt quvvatli transformatorga almashtirildi.

🔌 Shuningdek, mazkur ko‘chalardagi jami 3 km elektr tarmog‘ini yangilash hamda qo‘shimcha 160 kVt quvvatli transformator o‘rnatish ishlari yil yakuniga qadar elektr ta’minoti korxonasining manzilli dasturiga muvofiq amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

🛣 Yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha: ko‘chalarni ta’mirlash ishlari tuman Obodonlashtirish boshqarmasining tegishli dasturiga kiritilgan.

💰 Mazkur dasturga asosan mablag‘ ajratilishi bilan ko‘chalarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

🤝 Fuqarolar murojaatlarining amaliy yechim topishi — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

📌 Deputat so‘rovi — muammolarni o‘rganish, tegishli tashkilotlar oldiga masalani qo‘yish va uning yechimini nazorat qilishning muhim vositasidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4