Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — BOLALAR UCHUN ISSIQ VA XAVFSIZ SHAROIT DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Xo‘jamushkent QFYdagi 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilot binosining mavsumga tayyorgarligi, guruh xonalarida issiqlikni ta’minlash imkoniyatlari, isitish pechlari va qozonxonalarning holati, ularning sozligi hamda mavsum davomida barqaror ishlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qozonxonada mavjud isitish uskunalarining texnik holati, xavfsiz foydalanish talablari va sovuq kunlarda tarbiyalanuvchilar uchun zarur haroratni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashkilotning ko‘mir bilan ta’minlanganlik holati ham o‘rganilib, mavjud yoqilg‘i zaxirasi, uni saqlash sharoitlari va kuz-qish mavsumini uzluksiz o‘tkazish uchun yetarliligi masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, muassasa hududining mavsumga tayyorgarligi, obodonlashtirish ishlari va tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz sharoit yaratish holati yuzasidan ham tegishli kuzatuvlar olib borildi.

O‘rganish yakunida isitish pechlari va qozonxonalarni mavsumga to‘liq tayyor holatga keltirish, zarur texnik profilaktika ishlarini amalga oshirish, hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qozonxonalar barqaror ishlashi va tarbiyalanuvchilar uchun issiq, xavfsiz hamda qulay sharoit yaratilishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 2