Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
ISH O‘RINLARI, DAROMAD VA TADBIRKORLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Ho‘jamushkent QFYda hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni bandlikka yo‘naltirish, oilalar daromadini oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, mehnat qilish istagidagi fuqarolarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali barqaror daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi biznes tashabbuslarini amalga oshirish, imtiyozli kredit va boshqa mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali tadbirkorlik ko‘lamini kengaytirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Hududdagi mahalla yettiligi bilan hamkorlikda har bir xonadon kesimida ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning muammolari va imkoniyatlarini o‘rganish, daromadini oshirishga qaratilgan aniq choralarni belgilash zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida ishsiz fuqarolarni bandlik bilan qamrab olish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2