Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
2-Charx Kamolon mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismlari ta’mirlandi
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI
янв.21
“Ko‘rkam” mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasasining holati o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTAT D. MAXMUDOVA TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
янв.21
CHILONZORDA USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI TANTANALI NISHONLANDI
#24_ta_tavsiya #deputat nazorati

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni talablari asosida "Cho'lpon" mahallasida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim ish samaradorligi maxsus savolnoma yordamida atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:
Ehtiyojmand oilalarni aniqlash: Mahalla hududidagi og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ro‘yxatga olish holati.
Xizmatlar sifatini baholash: Ijtimoiy xodim tomonidan mahalla ahliga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va ko‘makning tezkorligi hamda samaradorligi.
PF-209-sonli Farmon ijrosi: Tizimda belgilangan topshiriqlar va yangi ijtimoiy himoya mexanizmlarining joylarda qay darajada amaliyotga joriy etilayotgani.

Natijalar va istiqboldagi vazifalar
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan ijtimoiy xodimga sohaga oid tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Deputat Faxriddin Matasimov tomonidan mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan doimiy nazorat va hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha jurnaliga kiritilib, ijro nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4