Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
2-Charx Kamolon mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismlari ta’mirlandi
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI
янв.21
“Ko‘rkam” mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasasining holati o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTAT D. MAXMUDOVA TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
янв.21
CHILONZORDA USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI TANTANALI NISHONLANDI
#deputatlik nazorati #ijtimoiy_ko'mak #bandlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar va berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar jadal olib borilmoqda.
Xususan, ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Olmaliq shahridagi "Navro'z" mahallasida navbatdagi xonadonbay o'rganish ishlari tashkil etildi. O'rganishda hudud deputati Abdujabbor Djurayev hamda "mahalla yettiligi" a'zolari birgalikda ishtirok etishdi.

Tashrif davomida, asosan "Kambag'allik reyestri"ga kiritilgan fuqarolarning yashash sharoitlari, oilaviy ahvoli va ehtiyojlari yaqindan o'rganildi. Har bir fuqaro bilan samimiy muloqot o'tkazilib, ularni qiynayotgan muammo va masalalar joyida eshitildi.
Asosiy e'tibor — aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirishga!
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan kambag'allikdan chiqarishning eng samarali omili — bu fuqarolarni ish bilan ta'minlash va barqaror daromad manbaiga ega qilish tamoyilidan kelib chiqqan holda, "mahalla yettiligi" va deputat tomonidan xonadon egalarining bandligini ta'minlash choralariga alohida e'tibor qaratildi.

Muloqotlar davomida mehnatga layoqatli, ish so'rab murojaat qilgan fuqarolarga shahardagi mavjud bo'sh ish o'rinlari ro'yxati va takliflari batafsil taqdim etildi. Ularning qiziqishlari, mutaxassisligi va ko'nikmalaridan kelib chiqqan holda mos keladigan ish o'rinlari tavsiya etilib, bandligini ta'minlash bo'yicha manzilli choralar belgilab olindi.
O'rganish natijalari bo'yicha ma'lumotlar shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga muhokama uchun taqdim etildi.

Bu kabi amaliy uchrashuvlar aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularning muammolarini "mahallabay" tizimi orqali hal etish hamda kambag'allikni qisqartirish yo'lidagi muhim qadamdir. Belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan bunday o'rganishlar shahrimizning barcha hududlarida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6