Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
#24_ta_tavsiya #deputat faoliyati

Olmaliq shahrida aholining madaniy hordiq chiqarishi va xavfsizligini ta'minlash deputatlar hamda mas'ul xodimlarning doimiy e'tiborigadir.
Shahar xalq deputatlari kengashi deputati Sanjar Mamayusupov hamda Kotibiyat mas'ul xodimi Muhriddin Begmatov tomonidan shahrimizdagi sevimli maskanlardan biri — "Delfin" madaniyat va hordiq chiqarish bog‘ida navbatdagi profilaktik va atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida nimalarga e'tibor qaratildi?
🔹 Yozgi cho‘milish mavsumi o‘z nihoyasiga yetgani sababli bog‘ hududidagi cho‘milish basseynlari faoliyati to‘liq to‘xtatilgani va xavfsizlik talablariga muvofiq yopilgani ko‘zdan kechirildi.
🔹 Basseyn atrofining texnik holati, hududdagi sanitariya-giyena qoidalariga rioya etilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilindi.
🔹 Bog‘ga tashrif buyuruvchilar va istirohat bog‘i ma'muriyati bilan muloqot o‘tkazilib, kelgusi mavsum uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar tinglandi.

Aholimiz, ayniqsa, yoshlar va bolajonlarning mazmunli hamda xavfsiz hordiq chiqarishlarini ta'minlashga qaratilgan bunday deputatlik nazorati tadbirlari shahrimiz bo‘ylab izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7