Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
#deputat_axboroti #saylovchilar bilan uchrashuv

 2026-yilning 5-sentabr kuni Olmaliq shahar "Do‘stlik" mahallasi hududidagi 7-sonli umumta’lim maktabining faollar zalida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

Ochiq va samarali ruhda o‘tgan uchrashuvda shahar Kengashi deputatlari Sanjar Mamayusupov (8-okrug), Zuhra Pulatova (12-okrug), Baxodir Miralimov (13-okrug) hamda Barxayot Meliyev (11-okrug)lar o‘z hududlaridagi saylovchilar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladilar.

Muloqotda, shuningdek:
Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova;
Deputatlar Muhiddin Abdullayev (21-okrug) hamda Abdujabbor Djurayev (2-okrug);
"Olmaliqsoy", "Alisher Navoiy", "Mustaqillik", "Mirzo Ulug‘bek", "O‘zbekiston", "Do‘stlik" va "Usmon Nosir" mahalla fuqarolari;
Mahalla "yettiligi" a’zolari, shuningdek, korxona va tashkilotlar mas’ul vakillari ishtirok etishdi.

📌 Uchrashuv yakunlari va natijalar:
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish, hududlarni obodonlashtirish hamda elektr ta’minoti sifatini oshirish masalalari bo‘yicha murojaatlar qilindi.
4 ta kadastr masalasi bo‘yicha vakolatli mutasaddi xodimlar bilan birgalikda atroflicha o‘rganish o‘tkazilib, fuqarolarga qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirish berildi va murojaat ijobiy yopildi.
Qolgan barcha murojaatlar bo‘yicha muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda bosqichma-bosqich hal etish choralar belgilab olindi.

Barcha kelib tushgan murojaatlar deputatlar tomonidan qat’iy nazoratga olindi. Qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, ijro hokimiyati vakillariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va natijalari bo‘yicha saylovchilarga qo‘shimcha axborot berilishi belgilandi.

Slide 1 of 10