Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BESHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV: MUAMMOLAR VA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” — 131-SONLI MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI RIVOJLANTIRILADI
янв.21
MAHALLADA BOLALAR UCHUN ZAMONAVIY VA XAVFSIZ MAYDONCHA BARPO ETILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI
янв.21
316-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SPORT INFRASTRUKTURASINI RIVOJLANTIRISH VA YOSHLAR UCHUN SOG‘LOM MUHIT YARATISH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
#e'tirof

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shodiyonasi arafasida Olmaliq shahrida el osoyishtaligi, shahar obodligi va aholi farovonligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh faollar munosib taqdirlandi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashi raisi Doniyor Karimov hamda shahar hokimligi tomonidan shahar va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, saylovchilar muammolarini hal etishda faollik ko‘rsatayotgan bir guruh deputatlarga yuksak ehtirom ko‘rsatilib, ular esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, har bir deputatning o‘z okrugidagi tashabbuskorligi va fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlashi – Olmaliq shahrining har tomonlama yuksallishiga zamin yaratmoqda.

O‘z navbatida, taqdirlangan deputatlar ko‘rsatilgan bunday yuksak e’tibor va e’tirof uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, kelgusida ham el-yurt ravnaqi va xalqimiz obodligi yo‘lida yanada g‘ayrat bilan mehnat qilishlarini ta’kidlab o‘tdilar.

✨ Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 8