35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatnomasini yo‘llash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
янв.21
KO‘RKAM MAHALLA — QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA SARHISOBI. (7-11-sentabr)
янв.21
39-son oilaviy poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha rasmiy javob olindi
янв.21
Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan savol yo'llandi
янв.21
2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalqlar do‘stligi mahallasidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Xalqlar do‘stligi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanlararo 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseridagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sabura Normetova tomonidan «Sobirobod» mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👉Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari va mahalla hududidagi mavjud muammolar tinglandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish yuzasidan fikr almashildi.

✅Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, mahalladagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, yoshlar, xotin-qizlar va aholi murojaatlari bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

📝Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

✅ “Sobirobod” mahallasida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1