35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“FUQAROLAR TASHABBUSI JAMG‘ARMASI” — G‘OLIB LOYIHA
янв.21
Chilonzor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xirmontepa mahallasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
TARAQQIYOT YO‘LIDA — BARCHAMIZ BIRGALIKDA!
янв.21
8 OYLIK FAOLIYAT: DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN MULOQOTDA
янв.21
8 OYLIK FAOLIYAT: DEPUTAT SO‘ROVLARI ORQALI MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA
янв.21
Murojaatnomasini yo‘llash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
янв.21
KO‘RKAM MAHALLA — QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
SARMICh MAHALLASIDA FUQAROLAR BILAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati S.Xojiyev tomonidan Sarmich mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan kundalik hayotda uchrayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy masalalar, bandlik, moddiy ko‘mak, infratuzilma hamda boshqa muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaatga individual yondashilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning mazmuni va ularni qonuniy hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tegishli tashkilot va mas’ullar vakolatiga kiruvchi murojaatlar bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Sayyor qabul davomida aholining murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni ortga surmasdan tegishli tartibda hal etish va ijrosini nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

Slide 1 of 4