35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SPORT INFRASTRUKTURASINI RIVOJLANTIRISH VA YOSHLAR UCHUN SOG‘LOM MUHIT YARATISH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
CHARX KAMOLON-3 MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
178-MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
178-SONLI MAKTABDA ISITISH TIZIMINING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
178-SONLI MAKTABDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
“BO‘STON” MFYDA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI INFOKIOSKA TOMONIDAN AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputat Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan deputatlik vakolati doirasida jamoatchilik nazorati amalga oshirilib, “Bo‘ston” MFY binosida o‘rnatilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi infokiosk orqali aholiga yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.O‘rganish davomida chekka hududda yashovchi fuqarolarning mazkur infokioskdan foydalanib, 20 turdan ortiq davlat xizmatlari bo‘yicha ma’lumotnomalarni olayotgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, fuqarolar narkologiya va ruhiy kasalliklar dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi, sudlangan yoki sudlanmaganlik hamda yashash joyidan ma’lumotnomalarni olish imkoniyatiga ega.Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda, ayniqsa, yoshlar orasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishni keng targ‘ib qilish, fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish va zamonaviy raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.Mazkur yo‘nalishda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholiga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini tushuntirish hamda fuqarolarning davlat xizmatlaridan mahalla hududining o‘zida qulay va tezkor foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhimligi qayd etildi.  

Slide 1 of 4