Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BESHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV: MUAMMOLAR VA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” — 131-SONLI MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI RIVOJLANTIRILADI
янв.21
MAHALLADA BOLALAR UCHUN ZAMONAVIY VA XAVFSIZ MAYDONCHA BARPO ETILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI
янв.21
316-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SPORT INFRASTRUKTURASINI RIVOJLANTIRISH VA YOSHLAR UCHUN SOG‘LOM MUHIT YARATISH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg’on” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich o‘zi saylangan okrugdagi “Qo‘rg’on” MFYda bo‘lib, hududdagi mavjud holat hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish jarayonida mahalla profilaktika inspektori Maxmudov Xayriddin Erkinovich bilan birgalikda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda hududda jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ayniqsa, jinoyatchilik darajasi bo‘yicha “qizil” va “sariq” hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilindi.O‘rganishlar davomida Qo‘rg’on MFYda 2026-yilning shu davriga qadar jinoyat holati qayd etilmagani ma’lum qilinib,bu borada olib borilayotgan profilaktik ishlarning samarasi alohida ta’kidlandi.Shuningdek,profilaktika inspektori tomonidan har hafta payshanba kunlari mahalla yoshlari bilan jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari o‘tkazib kelinayotgani, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tushuntirish ishlari muntazam olib borilayotgani bildirildi.Muloqot davomida
profilaktika inspektorining xizmat faoliyati yuzasidan hisobot tinglanib,alohida nazorat talab etuvchi fuqarolar bilan ishlash samaradorligi ham muhokama qilindi. Deputat tomonidan bu yo‘nalishdagi jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.Shuningdek,mahallada “Xavfsiz mahalla” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘chalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash, aholi kam qatnovchi hamda hilvat hududlarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.Yakunda mas’ullar bilan mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 2