35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-SESSIYA: DEPUTAT TAKLIF BILDIRDI
янв.21
EKSPERT GURUHI TOMONIDAN QAROR LOYIHASIGA XULOSA BILDIRILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA XULOSALARI TANISHTIRILDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA HISOBOT TINGLANDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA MUHIM QAROR QABUL QILINDI!
янв.21
NOVZA MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRGA KIRITILGAN OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA CHIQINDILARNI OLIB CHIQIB KETISH XIZMATLARI BO‘YICHA MASALA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN NAVBATDAGI QAROR QABUL QILINDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
YOSH ISTE’DODLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️YOSH ISTE’DODLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva Mirobod tumanidagi “Parvona” mahallasida joylashgan 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔺 Bugungi kunda maktabda 220 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 34 nafar o‘qituvchi tomonidan 14 ta yo‘nalishda musiqiy va ijodiy ta’lim berilmoqda. Maktab direktori Lidiya Pavlovna boshchiligidagi jamoa bolalarning iste’dodini yuzaga chiqarish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

📉 Maktab o‘quvchilari respublika va xalqaro tanlovlarda faol qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelayotgani ham yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning amaliy natijasi sifatida qayd etildi.

🤝 Shuningdek, 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining 31-, 218- va 263-sonli umumta’lim maktablari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Bu orqali bolalarni musiqa va san’atga kengroq jalb qilish, ularning qobiliyatini erta aniqlash va rivojlantirishga ko‘maklashilmoqda.

📋 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan hamohang bo‘ldi.

🔎 Sevara Fayziyeva maktabning mavjud imkoniyatlari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashib, yosh avlodning san’atga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va iste’dodini rivojlantirish uchun munosib sharoit yaratish muhimligini qayd etdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9