Aholining, xususan, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish maqsadida ezgu tashabbus amalga oshirildi.
🇺🇿Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati, tuman hokimi A.Saidaliyev tomonidan tuman Axborot-kutubxona markazi fondiga 200 tadan ortiq yangi va sara kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
✅Taqdim etilgan adabiyotlar orasidan jahon va o‘zbek mumtoz adabiyoti durdonalari, zamonaviy badiiy asarlar, ilmiy-ommabop hamda yoshlar uchun zaruriy ma’rifiy qo‘llanmalar o‘rin olgan bo‘lib, ular markaz kitobxonlari uchun munosib ma’naviy tuhfa bo‘ldi.
💙 Kitob — tafakkur xazinasi. Bu kabi ezgu amallar yosh avlodning ilm-fanga qiziqishini oshirish va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatishda davom eting!