#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #partiya_guruhlari #haftalik_ish_reja_ijrosi
MUAMMO O‘RGANILDI — YECHIM SARI AMALIY QADAM
🇺🇿 Bugun xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi, 17-Guliston saylov okrugi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovna tomonidan A.Sog‘uniy mahallasi hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida mahalladagi bolalar maydonchalarining holati qoniqarsiz ekani, ayrim hududlarda boshlangan qurilish va obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmay qolgani aniqlandi.
⚽️ Shuningdek, mahalla yoshlari va bolalarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun xizmat qilishi lozim bo‘lgan mini futbol maydonchasi qarovsiz holga kelgani qayd etildi. Mazkur maydonchani ta’mirlash, obodonlashtirish va yoshlar uchun munosib sharoit yaratish zarurligi belgilandi.
🤝 Deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — muammoni aniqlash bilangina cheklanib qolmasdan, uning amaliy yechimini ta’minlashdir.
Shu bois, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va murojaatlar yo‘naltirilib, muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, bolalar va yoshlar uchun xavfsiz hamda zamonaviy sharoit yaratish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.