35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“FUQAROLAR TASHABBUSI JAMG‘ARMASI” — G‘OLIB LOYIHA
янв.21
Chilonzor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xirmontepa mahallasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
TARAQQIYOT YO‘LIDA — BARCHAMIZ BIRGALIKDA!
янв.21
8 OYLIK FAOLIYAT: DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN MULOQOTDA
янв.21
8 OYLIK FAOLIYAT: DEPUTAT SO‘ROVLARI ORQALI MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA
янв.21
Murojaatnomasini yo‘llash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
янв.21
KO‘RKAM MAHALLA — QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati "Shodlik" mahallasida liftlar, bolalar maydonchalari va uylar atrofi ko‘zdan kechirildi!

Termiz shahrida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini yaratish, kommunal hamda muhandislik infratuzilmasining sozligini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 13-“Shodlik” saylov okrugi deputati A.Karimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi “Shodlik” mahallasida bo‘ldilar.

Mazkur nazorat-tahlil va muloqot tadbiri Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, xususan, 12- hamda 13-bandlarda belgilangan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish va infratuzilmani o‘rganish vazifalari ijrosiga qaratildi.

Deputat va mutaxassis mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylarda bo‘lib, quyidagi muhim yo‘nalishlarni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdilar:

• Liftlarning texnik holati: Ko‘p qavatli uylardagi lift uskunalarining uzluksiz va xavfsiz ishlashi, texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi hamda favqulodda tugmalarning sozligi;

• Bolalar maydonchalari xavfsizligi: Mahalladagi bolajonlar o‘ynaydigan maydonchalarning texnik va sanitariya holati, atrofining muhofaza qilinganligi hamda konstruksiyalarning xavfsizligi;

• Tutash hududlar obodonchiligi: Uylar atrofining tozaligi, chiqindi to‘plash joylari va kirish yo‘laklarining (podezdlar) umumiy holati.

"Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarimiz, ayniqsa, keksalar va bolalar uchun liftlarning soatday aniq va xavfsiz ishlashi, bolalar maydonchalarining abgor bo'lmasligi o'ta muhim. 'Shodlik' mahallasida o'tkazgan o'rganishlarimiz davomida aniqlangan kichik nuqsonlarni bartaraf etish bo'yicha Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) hamda daxldor tashkilotlarga qat'iy ko'rsatmalar berdik va deputatlik so'rovlari yuboramiz," — deya ta'kidladi deputat.

Aniqlangan barcha kamchiliklar deputatning shaxsiy murojaat daftariga qayd etilib, ularni qisqa fursatda bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.
Slide 1 of 2