35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-SESSIYA: DEPUTAT TAKLIF BILDIRDI
янв.21
EKSPERT GURUHI TOMONIDAN QAROR LOYIHASIGA XULOSA BILDIRILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA XULOSALARI TANISHTIRILDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA HISOBOT TINGLANDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA MUHIM QAROR QABUL QILINDI!
янв.21
NOVZA MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRGA KIRITILGAN OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA CHIQINDILARNI OLIB CHIQIB KETISH XIZMATLARI BO‘YICHA MASALA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN NAVBATDAGI QAROR QABUL QILINDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
Xotin-qizlar bilan psixologik trening tashkil etildi

#Deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

Xotin-qizlar bilan psixologik trening tashkil etildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi “2-Hamkor” saylov okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna tomonidan Ibrat mahallasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🧠 Uchrashuv psixologik trening shaklida o‘tkazilib, unda xotin-qizlarning ruhiy holatini mustahkamlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, mavjud muammolarni yengib o‘tish hamda ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli mashg‘ulot va suhbatlar olib borildi.

📇 Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib, mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiya va maslahatlar oldilar. Samimiy muloqot va amaliy mashg‘ulotlar orqali xotin-qizlarning o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashi hamda hayotiy qiyinchiliklarga ijobiy yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

📈 Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha 24 ta tavsiyada belgilangan vazifalar asosida tashkil etilib, deputatning xotin-qizlar bilan bevosita muloqotini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatishga xizmat qildi.

✅ Bunday uchrashuvlarning muntazam tashkil etilishi xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va muammolarini manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5