35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-SESSIYA: DEPUTAT TAKLIF BILDIRDI
янв.21
EKSPERT GURUHI TOMONIDAN QAROR LOYIHASIGA XULOSA BILDIRILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA XULOSALARI TANISHTIRILDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA HISOBOT TINGLANDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA MUHIM QAROR QABUL QILINDI!
янв.21
NOVZA MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRGA KIRITILGAN OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA CHIQINDILARNI OLIB CHIQIB KETISH XIZMATLARI BO‘YICHA MASALA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN NAVBATDAGI QAROR QABUL QILINDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova, tuman Kengashi deputatlari I.Raximov va M.Ravshanova tomonidan Mustaqillik MFYda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish borasidagi vazifalar yuzasidan atroflicha suhbatlashildi.
Suhbat davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, obodonlashtirish va infratuzilma masalalari, aholini qiynab kelayotgan muammolar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, hududdagi muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.
Mahallada mavjud masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, har bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaslik va fuqarolar muammolariga amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, ularning ijrosini nazoratga olish hamda kelgusida mahalla hududidagi ijtimoiy masalalarni muntazam ravishda o‘rganib borishga kelishib olindi.

Mahalladagi har bir muammoni joyida o‘rganish va aholining murojaatlariga amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5