35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-SESSIYA: DEPUTAT TAKLIF BILDIRDI
янв.21
EKSPERT GURUHI TOMONIDAN QAROR LOYIHASIGA XULOSA BILDIRILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA XULOSALARI TANISHTIRILDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA HISOBOT TINGLANDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA MUHIM QAROR QABUL QILINDI!
янв.21
NOVZA MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRGA KIRITILGAN OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA CHIQINDILARNI OLIB CHIQIB KETISH XIZMATLARI BO‘YICHA MASALA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN NAVBATDAGI QAROR QABUL QILINDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
"Tashabbusli budjet" g‘olib loyihalari nazoratda: "Pattakesar" mahallasida yangi mahalla binosi qurilishi joyida o‘rganildi!

Bugungi kunda aholi tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning hududlarni obodlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdagi ishtirokini kengaytirish “Tashabbusli budjet” tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Termiz shahrida ham ushbu tizim orqali fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va ovoz berish jarayonlarida g‘olib bo‘lgan loyihalarning sifatli, shaffof va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash borasida deputatlik nazorati olib borilmoqda.
Shu maqsadda, shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala yuzasidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat-tadbirda xalq deputatlari Termiz shaahr Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar ishtirok etdi.
Mas’ullar va deputatlar "Tashabbusli budjet"ning joriy yilgi 2-mavsumida mahalla ahlining faol ishtiroki va bergan ovozlari natijasida g‘olib deb topilgan “Pattakesar” mahallasida bo‘ldilar.
O‘rganish davomida xalq ovozi bilan tasdiqlangan loyiha doirasida rejalashtirilgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi:
Yangi mahalla binosi qurilishi: "Mahalla yettiligi" faoliyatini samarali tashkil etish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda fuqarolar murojaatlarini qabul qilishga mo‘ljallangan yangi zamonaviy mahalla binosining qurilish maydoni va loyiha-smeta hujjatlari ko‘rib chiqildi;
Infratuzilma va qulaylik: Bo‘lajak binoning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr, suv, gaz) ulanishi hamda atrofini obodonlashtirish rejalari tahlil qilindi.
D.Normuradova: "Xalq tanlagan loyihalar — xalq manfaati uchun eng yuqori sifat bilan barpo etilishi shart!"
"‘Tashabbusli budjet’ tizimi har bir fuqaroning o‘z mahallasi taraqqiyotiga bevosita daxldorligini ta’minlamoqda. 'Pattakesar' mahallasi ahli birlashib, o‘zlari uchun yangi va zamonaviy mahalla binosi qurilishi loyihasini g‘olib qilishdi. Biz deputat sifatida har bir tiyin budjet mablag‘ining maqsadli ishlatilishi, qurilishning xavfsiz va sifatli bo‘lishini boshidan oxirigacha qat'iy nazorat qilamiz," — deya ta'kidladi Kengash raisi.
Joylarda o‘tkazilgan nazorat-tahlil natijalari va tayyorlangan xulosalar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilab olindi. 

Slide 1 of 1