Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI ISHLAR VA MAVJUD HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylarning liftlari, ichki yo‘laklari va yoritish holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING MUHIM HUQUQLARI
янв.21
MUAMMOLAR DEPUTAT DAFTARIGA QAYD ETILDI
янв.21
DEPUTAT DAFTARIGA MUAMMOLAR QAYD ETILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI TINGLANDI
янв.21
Guliston mahallasida hududning ichki ko‘cha yo‘llari va sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati va hududda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA — MUHIM VAZIFA

TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA — MUHIM VAZIFA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.
O‘rganish jarayonini tizimli va samarali tashkil etish uchun maxsus savolnoma ishlab chiqildi. Unda himoya orderlarini rasmiylashtirish va ularning ijrosini nazorat qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan profilaktik va tuzatish ishlari olib borilishi, shuningdek, jabrlanuvchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy, psixologik, huquqiy, ijtimoiy yordamlar kabi masalalar qamrab olindi.
Xavf ostidagi oilalar bilan manzilli ishlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilishi deputatlik nazoratining asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi.