Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
O‘ZBEKISTON MAHALLALAR UYUSHMASI TOMDI TUMANI BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E.Mirzayev tomonidan O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Tomdi tumani bo‘limining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan tumandagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularning muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalar daromadlarini ko‘paytirish hamda mahallalarda obodonlashtirish va farovonlikni ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raislari va mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirish, aholining muammolarini manzilli o‘rganish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallalarda ish samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ochiq va samarali muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4