35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI BANDLIGI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Mahalliy budjet,tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
57-UY OLDIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINI YANGILASH REJALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kengashning Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topmoqda: mahallada 2 ta bolalar maydonchasi quriladi
янв.21
Deputat so‘rovi asosida hudud tozalandi
янв.21
Deputat so‘rovi asosida bolalar o‘yingohi ta’mirlandi
янв.21
Deputat so‘roviga asosan murojaat o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rildi
янв.21
“Oqtepa” MFYda ko‘cha boshi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
“Oqtepa” MFYda fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
14-BAND IJROSI: Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash — e’tibor markazida

 14-BAND IJROSI: Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Suv ta’minoti bo‘limi rahbarining hisoboti oldidan hamda deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 14-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Sessiya oldi o‘rganishlari doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kilichov tomonidan Yuqori Bog'onali mahallasidagi ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi 23 ta ko‘cha kesimida aholi bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Mahalla yettiligi va nuroniylar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aholini toza ichimlik suvi bilan to‘liqroq ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 2 ta suv minorasi qurish taklifi ilgari surildi.

Mazkur muammolar yuzasidan deputat so'rovi yuborilishi hamda sessiyada tegishli mutasaddilar oldiga masala sifatida qo‘yilib, ularning aniq yechimi va ijrosi nazoratga olinishi belgilandi. 

Slide 1 of 2