35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-SESSIYA: DEPUTAT TAKLIF BILDIRDI
янв.21
EKSPERT GURUHI TOMONIDAN QAROR LOYIHASIGA XULOSA BILDIRILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA XULOSALARI TANISHTIRILDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA HISOBOT TINGLANDI
янв.21
KENGASH SESSIYASIDA MUHIM QAROR QABUL QILINDI!
янв.21
NOVZA MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRGA KIRITILGAN OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA CHIQINDILARNI OLIB CHIQIB KETISH XIZMATLARI BO‘YICHA MASALA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN NAVBATDAGI QAROR QABUL QILINDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi


Xalq deputatlari tuman Kengashining “10-Madaniyat” saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Davlatovning deputatlik okrugiga qarashli Lochin mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv va murojaatlarni o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida kotibiyat bosh mutaxassisi A.Nasritdinov tomonidan mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan, asosan, ichki ko‘chalarni asfaltlash va ta’mirlash, aholini ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash, shuningdek, mahalla hududini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Fuqarolarning murojaatlari mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, har bir masala bo‘yicha tegishli tartibda chora ko‘rish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda ularning qonunchilikda belgilangan tartibda ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va hududdagi dolzarb muammolarni hal etish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralarni belgilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2