35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI BANDLIGI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Mahalliy budjet,tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
57-UY OLDIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINI YANGILASH REJALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kengashning Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topmoqda: mahallada 2 ta bolalar maydonchasi quriladi
янв.21
Deputat so‘rovi asosida hudud tozalandi
янв.21
Deputat so‘rovi asosida bolalar o‘yingohi ta’mirlandi
янв.21
Deputat so‘roviga asosan murojaat o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rildi
янв.21
“Oqtepa” MFYda ko‘cha boshi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
“Oqtepa” MFYda fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
#biriktirilgan_tashkilot 👩‍👩‍👧 Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati N.Kiyamov biriktirilgan tashkilot — Ishtixon tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Chinorova bilan birgalikda Dehqonobod mahallasida xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallalarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yordamga muhtoj hamda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida ko‘rsatilayotgan yordamlar holatini o‘rganildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash, ehtiyojmand ayollarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi hamda mavjud muammolarni hal etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga manzilli yondashish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 2