35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YUKSAK E’TIROF MUBORAK BO‘LSIN!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan munosib taqdirlangan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlarini samimiy muborakbod etamiz!

Mazkur yuksak e’tirof — deputatlarning xalq farovonligi, hududlar rivoji, jamiyat taraqqiyoti va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnati hamda samarali faoliyatiga berilgan munosib bahodir.

Hurmatli deputatlar!

Sizlarni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbimizdan muborakbod etib, kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatingizda mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat, yangi yutuq va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!