35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YUKSAK E’TIROF MUBORAK BO‘LSIN!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi Ziyayev Raxim Sabirovich O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Markaziy Kengashining Tashakkurnomasi bilan munosib taqdirlandi.

Mazkur e’tirof yurtimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi va jamiyat rivoji yo‘lidagi samarali faoliyat hamda fidokorona mehnatga berilgan munosib bahodir.

Hurmatli Raxim Sabirovich!

Sizni ushbu yuksak e’tirof bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatingizda mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat, yangi yutuq va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin!