35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatnomasini yo‘llash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
янв.21
KO‘RKAM MAHALLA — QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA SARHISOBI. (7-11-sentabr)
янв.21
39-son oilaviy poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha rasmiy javob olindi
янв.21
Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan savol yo'llandi
янв.21
2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalqlar do‘stligi mahallasidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Xalqlar do‘stligi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanlararo 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseridagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
#Chinoz_tumani Maktabda sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi



⚡️ Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zXDP partiyasidan 13-Ko'tarma saylov okrugidan Farxod Ibragimov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi tumandagi Kattatepalik MFY hududida joylashgan 45-sonli umumta'lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida sport zallarining bugungi holati, mavjud sport anjomlari va inventarlari, ularning foydalanish darajasi, jihozlarning texnik holati hamda amaldagi talablarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🏅 Shuningdek, sport maktabida faoliyat yuritayotgan futbol hamda voleybol, basketbol, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha tashkil etilgan sport to‘garaklari faoliyati, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, murabbiylar faoliyati, to‘garaklarga jalb qilingan yoshlar soni hamda mashg‘ulotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

👥 O‘rganish jarayonida sport inshootlarining sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi, sport jihozlarining sozligi, kiyinish va yuvinish xonalari, mashg‘ulotlar jadvali hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar ham tahlil qilindi.

📋 Bundan tashqari, sport maktabi rahbariyati va murabbiylar bilan suhbat o‘tkazilib, sport to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda sport anjomlarini bosqichma-bosqich yangilash masalalari muhokama qilindi.

📝 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga sport zallari va jihozlaridan samarali foydalanish, sport to‘garaklari faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud sport anjomlarini soz holatda saqlash hamda yoshlar uchun xavfsiz va qulay sport muhitini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3