Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARI YETKAZIB BERISH TIZIMI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARI YETKAZIB BERISH TIZIMI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
📍 Bugun, 28-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
📋 Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosini tumanda o‘rganish masalasi o‘rin oldi.
🔎 Yig‘ilish davomida:
▪️ tumanda ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarining faoliyati;
▪️ chorva mollarini belgilangan tartibda so‘yish holati;
▪️ go‘sht va go‘sht mahsulotlarini aholiga yetkazib berish tizimi;
▪️ mahsulotlarning veterinariya-sanitariya talablariga muvofiqligi;
▪️ iste’mol bozori uchun sifatli va xavfsiz go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish holati;
▪️ amaldagi talablar ijrosida mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.
📌 Doimiy komissiya raisi Feruz Turayev boshchiligida mas’ul tashkilotlar faoliyati yuzasidan tegishli savollar belgilab olinib, qaror ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifalari belgilandi.
🤝 Deputatlik nazorati — aholiga sifatli, xavfsiz va qonuniy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashning muhim vositasi.