Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
### **Aholining ijtimoiy himoyasi va farovonligini ta’minlashga e’tibor qaratildi**

Aholining ijtimoiy himoyasi va farovonligini ta’minlashga e’tibor qaratildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Zarbdor mahallasida bo‘lib, fuqarolarning ijtimoiy holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi 25-uyda istiqomat qiluvchi II guruh nogironi Qalandarov Jamol xonadonida bo‘lib, uning yashash sharoiti va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mazkur ko‘chaning 17-uyida yashovchi, Ijtimoiy reyestrda turuvchi Qosimova Laylo xonadonining ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi.

Fuqarolar bilan muloqot davomida ularni qiynayotgan muammolar tinglanib, mavjud masalalarni qonuniy asosda hal etish, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xonadonlarning daromad manbalarini oshirish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar xalq deputatlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlash, aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni manzilli hal etishga qaratilgan deputatlik nazoratini kuchaytirishda muhim аҳамият kasb etadi. 

Slide 1 of 1