Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
Mahalladagi muammolar va aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida



Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va yechimiga ko‘maklashish — xalq deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudoyqulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov “Jo‘yjangal” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda mahalladagi bugungi holat, aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Nazorat-tahlil ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida olib borildi. Xususan, aholi muammolarini xonadonbay o‘rganish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmoni talablaridan kelib chiqib tahlil qilindi. Mahalla institutining aholi muammolarini hal etishdagi o‘rnini kuchaytirish, joylardagi mas’uliyat va hamkorlikni yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududni obodonlashtirish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Mahalla faollari tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholi takliflari va murojaatlari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish, ularning ijrosini nazoratga olish hamda natijasi haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi.

Eng muhimi, mahalladagi har bir muammo — deputat e’tiborida, har bir murojaat esa yechim topishi lozim bo‘lgan masaladir.

Yakunda mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3