Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚽️ KATTA OLMAZOR MAHALLASIDA SPORT MAYDONI YANGILANMOQDA
янв.21
🌳 200 KV.M JOY BORMI? U YERDA 400 TAGACHA DARAXT VA BUTA PAYDO BO‘LISHI MUMKIN
янв.21
DEPUTATGA MUAMMONI KO‘RSATISH SHARTMI?
янв.21
DO‘MBIROBOD MAHALLASIDAGI YO‘L VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
SHUKRONALIK — QALBGA EZGULIK ULASHUVCHI MA’NAVIY TADBIR
янв.21
🚌 AVTOBUS BEKATLARIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
🏗 QATORTOL MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI VA MINI STADION
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING 28-SENTABR – 2-OKTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA SARHISOBI. (21-25-sentabr)
янв.21
CHILONZOR
DEPUTATLIK NAZORATI: OILAVIY TADBIRKORLIK VA AHOLI DAROMADLARI O‘RGANILADI

DEPUTATLIK NAZORATI: OILAVIY TADBIRKORLIK VA AHOLI DAROMADLARI O‘RGANILADI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 504-son qarori ijrosini deputatlik nazorati tartibida o‘rganish belgilandi.

🔹 O‘rganishdan asosiy maqsad — mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligini baholash.

📍 Ishchi guruh tomonidan joylarga chiqqan holda:
— kambag‘al va ishsiz oilalarni aniqlash holati;
— oilaviy tadbirkorlik loyihalarining amalga oshirilishi;
— kredit, subsidiya va boshqa mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
— kredit hisobiga olingan mol-mulk, asbob-uskunalar va chorva mollarining amalda mavjudligi;
— yaratilgan ish o‘rinlarining haqiqiyligi va barqarorligi;
— fuqarolarning real daromad manbalari;
— ayollar, yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini daromadli mehnatga jalb etish;
— kambag‘allikdan chiqarilgan oilalarning keyingi iqtisodiy holati o‘rganiladi.

📊 Muhimi, o‘rganish faqat statistik ma’lumotlar bilan cheklanmaydi. Hisobotlardagi raqamlar xonadonlar va tadbirkorlik subyektlaridagi amaldagi holat bilan solishtiriladi.

Aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish, qo‘shimcha tashkiliy yoki huquqiy choralarni talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq takliflar kiritish rejalashtirilgan. Rasmiy sahifalarimiz!