Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚽️ KATTA OLMAZOR MAHALLASIDA SPORT MAYDONI YANGILANMOQDA
янв.21
🌳 200 KV.M JOY BORMI? U YERDA 400 TAGACHA DARAXT VA BUTA PAYDO BO‘LISHI MUMKIN
янв.21
DEPUTATGA MUAMMONI KO‘RSATISH SHARTMI?
янв.21
DO‘MBIROBOD MAHALLASIDAGI YO‘L VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
SHUKRONALIK — QALBGA EZGULIK ULASHUVCHI MA’NAVIY TADBIR
янв.21
🚌 AVTOBUS BEKATLARIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
🏗 QATORTOL MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI VA MINI STADION
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING 28-SENTABR – 2-OKTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA SARHISOBI. (21-25-sentabr)
янв.21
CHILONZOR
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa: Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yangi qutqaruv binosi foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa: Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yangi qutqaruv binosi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladigan yana bir muhim obyekt foydalanishga topshirildi.

Xususan, Sariosiyo tumani 16-son qutqaruv qismi uchun zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan yangi qutqaruv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari R. Jumayev, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Shukurov, Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati S.Qosimov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi bino qutqaruvchilar uchun zamonaviy va qulay xizmat sharoitlarini yaratish bilan birga, hududda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga yanada tezkor va samarali javob qaytarish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Shuningdek, marosim davomida Sariosiyo tumani 16-son qutqaruv qismiga bitta zamonaviy maxsus qutqaruv texnikasi tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur loyiha aholi xavfsizligini mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlarni yanada mustahkamlaydi.

Slide 1 of 3