Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHILONZOR XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (5 –9-oktabr)
янв.21
🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
янв.21
MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
USTOZGA EHTIROM — KELAJAKKA EHTIROM!
янв.21
BANDLIK — KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING MUHIM OMILI
янв.21
GAVHAR MAHALLASIDA BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
GAVHAR MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — MANZILLI VA TIZIMLI YONDASHUV
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi

Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Matyaqubova Sarabibi Idirovna tomonidan ishchi guruh tuzilib, tuman Kengashining 2026-yil 27-avgustdagi VII-33-85-12-172-K/26-sonli “Qo‘shko‘pir tumani «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida Qo‘shko‘pir tumanida joylashgan Az-Zamaxshariy nomidagi istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish doirasida sahna dekoratsiyasi uchun zarur bo‘lgan anjomlar hamda monitorlarni xarid qilish xarajatlariga ajratilgan 650 000 000 (olti yuz ellik million) so‘m mablag‘ning belgilangan maqsadlar asosida sarflanish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ishchi guruh tomonidan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, xarid qilingan anjom va jihozlarning belgilangan vazifalarga muvofiqligi, shuningdek, amalga oshirilgan ishlarning hajmi va sifatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, jamg‘arma mablag‘laridan oqilona, shaffof va maqsadli foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Instagram | Face book |  You Tube

Slide 1 of 1