35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK — INSON QADRI UCHUN
янв.21
Aziz O‘qtepa va Bog‘zor mahallalari fuqarolari!
янв.21
Chilonzor tumanida aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalar muammolarini hal etishga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi
янв.21
MUSTAQILLIK — XALQIMIZ HAYOTIDAGI BUYUK O‘ZGARISHLAR
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIK — AYOL QADRI, TENG IMKONIYAT VA ZAMONAVIY RAHBAR AYOLLAR MASKANI
янв.21
Deputatlik faoliyati — aholi ishonchining amaliy ifodasi
янв.21
Chilonzor tumanida "Tashabbusli budjet" jarayoni doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
DEPUTAT YOSHLARNING TA’LIM VA KASBIY KELAJAGIGA OID JARAYONDA ISHTIROK ETDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTAT YOSHLARNING TA’LIM VA KASBIY KELAJAGIGA OID JARAYONDA ISHTIROK ETDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Farangiz Akramova Toshkent farmatsevtika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’limga qabul qilish jarayonida ishtirok etdi.

📚 Qabul jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori talablari asosida tashkil etildi. Unda texnikum bitiruvchilarining bilim va ko‘nikmalari, tanlagan kasbiga qiziqishi, dunyoqarashi, kasbiy salohiyati hamda kelgusidagi maqsadlari baholandi.

📝 Deputat Farangiz Akramovaning mazkur jarayondagi ishtiroki mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yoshlar masalalari, ularning ta’lim olishi va kelgusidagi bandligini qo‘llab-quvvatlash bilan bevosita bog‘liq. Deputat suhbat jarayonida nomzodlarni baholashda ishtirok etib, o‘zining amaliy tajribasi asosida fikr va mulohazalarini bildirdi.

🔎 Shu bilan birga, yoshlarning professional ta’limdan oliy ta’limga izchil o‘tishi, egallagan mutaxassisligi bo‘yicha bilimini chuqurlashtirishi hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadr sifatida shakllanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Deputatlik faoliyatida yoshlarning ta’lim va bandlik masalalarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi.

🔺 Farangiz Akramova yoshlarning bilim va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ta’limdan keyingi bandligiga ko‘maklashish hamda bu yo‘nalishdagi masalalarni deputatlik e’tiborida tutish muhimligini ta’kidladi.

✅ Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, munosib kasb egallashi va kelajakda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5