35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK — INSON QADRI UCHUN
янв.21
Aziz O‘qtepa va Bog‘zor mahallalari fuqarolari!
янв.21
Chilonzor tumanida aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalar muammolarini hal etishga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi
янв.21
MUSTAQILLIK — XALQIMIZ HAYOTIDAGI BUYUK O‘ZGARISHLAR
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIK — AYOL QADRI, TENG IMKONIYAT VA ZAMONAVIY RAHBAR AYOLLAR MASKANI
янв.21
Deputatlik faoliyati — aholi ishonchining amaliy ifodasi
янв.21
Chilonzor tumanida "Tashabbusli budjet" jarayoni doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Deputat faoliyati

#deputat_okrugida
#murojaatlar_daftari

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayeva aholi murojaatlaridan kelib chiqib, o‘z saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida joylashgan mahalla idorasining ta’mirtalab holati yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Mazkur masala yuzasidan deputat O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limiga tashrif buyurib, bo‘lim rahbari bilan mahalla idorasining mavjud holati, uni ta’mirlash va zarur sharoitlarni yaratish masalalarini muhokama qildi.

Suhbat davomida mahalla idorasining holatini joyiga chiqib o‘rganish, ta’mirlash bo‘yicha zarur choralarni belgilash hamda muammoni imkon qadar qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan kelishib olindi.

Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, amalga oshiriladigan ishlarning borishi va natijasi o‘rganib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1