35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI BANDLIGI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Mahalliy budjet,tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
57-UY OLDIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINI YANGILASH REJALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kengashning Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topmoqda: mahallada 2 ta bolalar maydonchasi quriladi
янв.21
Deputat so‘rovi asosida hudud tozalandi
янв.21
Deputat so‘rovi asosida bolalar o‘yingohi ta’mirlandi
янв.21
Deputat so‘roviga asosan murojaat o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rildi
янв.21
“Oqtepa” MFYda ko‘cha boshi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
“Oqtepa” MFYda fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa

Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–393-sonli qarori asosida Shofirkon tumanida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday bunyodkorlik ishlaridan biri Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 10-son umumta’lim maktabida amalga oshirildi. 1960-yilda qurilgan, yillar davomida foydalanib kelingan maktab binosiga qo‘shimcha ravishda 210 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi barpo etildi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 3 milliard 192 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Yangi bino bugun foydalanishga topshirilib, maktab jamoasi va o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim olish imkoniyatlari yaratildi.

Ayni paytda maktabda 510 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 67 nafar pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda. Jamoaning 7 nafari oliy, 17 nafari birinchi, 22 nafari ikkinchi toifali pedagoglardan iborat bo‘lib, qolgan o‘qituvchilar mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda.
Maktab jamoasining salohiyati va o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan intilishi natijalarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘quvchilar tuman miqyosidagi fan olimpiadalarida muntazam ravishda yuqori natijalarni qayd etib, g‘olib va sovrindorlar safidan joy olib kelmoqda. Pedagoglarning qariyb 40 foizi milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega.
Maktab direktori Ubaydullo O‘rinov boshchiligidagi rahbariyatning samarali boshqaruvi ham ta’lim sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Maktab rahbariyatida menejerlik sertifikati mavjudligi ta’lim muassasasini zamonaviy boshqaruv asosida rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborning yana bir ifodasidir.

E’tiborlisi, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi qator yillardan buyon 70 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda. Bu esa ta’lim jamoasining fidokorona mehnati, o‘quvchilarning intilishi va ota-onalar bilan hamkorlikning amaliy natijasidir.
Yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilish marosimida mahalla nuroniylari, ota-onalar, ustoz va murabbiylar, maktab o‘quvchilari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi binoning foydalanishga topshirilishi maktab hayotidagi muhim voqea ekanini ta’kidlab, yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar yoshlarning puxta bilim olishi va kelajakda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishini qayd etdilar.

Bugun 10-son umumta’lim maktabida yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi — ta’limga qaratilayotgan e’tibor, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajak sari qo‘yilayotgan yana bir muhim qadamning amaliy ifodasidir.

Zero, zamonaviy maktab — bilimli avlod, bilimli avlod esa yurtning mustahkam kelajagidir.

Slide 1 of 6