35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK — INSON QADRI UCHUN
янв.21
Aziz O‘qtepa va Bog‘zor mahallalari fuqarolari!
янв.21
Chilonzor tumanida aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalar muammolarini hal etishga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi
янв.21
MUSTAQILLIK — XALQIMIZ HAYOTIDAGI BUYUK O‘ZGARISHLAR
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIK — AYOL QADRI, TENG IMKONIYAT VA ZAMONAVIY RAHBAR AYOLLAR MASKANI
янв.21
Deputatlik faoliyati — aholi ishonchining amaliy ifodasi
янв.21
Chilonzor tumanida "Tashabbusli budjet" jarayoni doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: MAHALLA RAISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Qo‘shshukr” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida mahalla raisi V.Xusnitdinov bilan uchrashilib, PF–209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi,xususan, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha” va “Obod xonadon” mezonlarini amaliyotga joriy etish, fuqarolarning ijtimoiy faolligi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, deputat tomonidan mahalla raisiga “Mahalla yettiligi” faoliyatining tashkil etilishi, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savollar berilib, tegishli ma’lumotlar olindi.Uchrashuv davomida mahalla raisi tomonidan “Samsarak” ko‘chasidagi 5 dona eski va yaroqsiz simyog‘ochni yangi beton ustunlarga almashtirish masalasi ko‘tarildi.Mazkur masala deputat ishtirokida muhokama qilinib,muammoni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish belgilandi. Jumladan, “Qo‘shshukr” MFY “Samsarak” ko‘chasidagi 5 dona yaroqsiz simyog‘ochni almashtirish masalasi yuzasidan tegishli hokim o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi yuborish, shuningdek, masalani navbatdagi Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqish belgilandi.Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.O‘rganish yakunida mahalla raisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini kuchaytirish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 4