35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK — INSON QADRI UCHUN
янв.21
Aziz O‘qtepa va Bog‘zor mahallalari fuqarolari!
янв.21
Chilonzor tumanida aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalar muammolarini hal etishga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi
янв.21
MUSTAQILLIK — XALQIMIZ HAYOTIDAGI BUYUK O‘ZGARISHLAR
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
MUSTAQILLIK — AYOL QADRI, TENG IMKONIYAT VA ZAMONAVIY RAHBAR AYOLLAR MASKANI
янв.21
Deputatlik faoliyati — aholi ishonchining amaliy ifodasi
янв.21
Chilonzor tumanida "Tashabbusli budjet" jarayoni doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari doimiy komissiya nazoratida

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari doimiy komissiya nazoratida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G. Turdiyeva hamda komissiya raisi o‘rinbosari A. Abdullayeva tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning holati, ta’lim muassasalarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq tayyorlanishi, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish, mavjud muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Sifatli ta’lim — munosib sharoitdan boshlanadi!

Slide 1 of 4